Yanvar–avgust oylarida Toshkent shahrida 4 ming 350 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Open Data Toshkent ma’lumot berdi.
Eng ko‘p avariya Yunusobod (561 ta), Chilonzor (555 ta), Yashnobod (554 ta), Mirzo Ulug‘bek (475 ta) va Shayxontohur (363 ta) tumanlarida qayd etilgan.
Eng kam hodisalar esa Yangihayot (205 ta), Yakkasaroy (210 ta) va Bektemir (217 ta) tumanlarida ro‘y bergan.
Statistikaga ko‘ra, YTHlar soni asosan markaziy va gavjum hududlarda yuqori bo‘lmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!