Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik kontrabanda fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro qirg‘izistonlik shaxs tomonidan aylanma yo‘llar orqali “O‘zbekiston–Qirg‘iziston” davlat chegarasidan noqonuniy ravishda o‘tkazilgan katta miqdordagi zargarlik buyumlarini qabul qilib olgan.
U keyinchalik ushbu buyumlarni moddiy manfaat evaziga Farg‘ona shahrida kutib turgan Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘liga topshirayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Tilladan yasalgan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 5 kg 706 grammni tashkil etib, dastlabki qiymati 5 milliard 746 million so‘mga tengligi aniqlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!