Afg‘onistonning kon va neft vaziri Hidoyatulloh Badriyni olib ketayotgan vertolyot G‘ur viloyatida avariyaga uchradi.
Hasht-e Subh Daily nashrining yozishicha, vertolyotda viloyat hokimi Hayotulloh Muborak hamda bir nechta boshqa rasmiylar ham bo‘lgan. Ular konlarni ko‘zdan kechirish uchun yo‘lga chiqqan.
“Tolibon” Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Tulak tumaniga yo‘l olgan vertolyot texnik nosozlik sabab tog‘ga urilgan.
Halokatda hech kim halok bo‘lmagan va jarohatlanmagan, barcha yo‘lovchilar butunlay sog‘-salomat, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!