Toshkent viloyatining barcha hududlari poytaxt bilan tezyurar elektr poyezdlar orqali bog‘lanadi. Bu vazifa Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 11-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berildi.
Mazkur qaror viloyatlarda uy-joy, infratuzilma va xizmatlarga talabni oshirishi, shuningdek, aholiga Toshkent shahriga qatnab ishlash imkoniyatini yaratishi kutilmoqda.
2024-yil dekabrida Toshkent—Hojikent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd ishga tushirilgan edi. Keyinchalik qatnov Chinorkentgacha uzaytirildi va yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Shuningdek, Parkent tumanida Baytqo‘rg‘on—Parkent elektrlashtirilgan temiryo‘li qurilishi davom etmoqda.
Viloyat hokimi Zoir Mirzayev avvalroq Bekobod, Bo‘ka, Piskent va Nurafshon yo‘nalishida ham Toshkentga temiryo‘l loyihasi amalga oshirilishini bildirgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!