O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida “O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston do‘stlik jamiyati” ta’sischilarining birinchi majlisi ham o‘tkazildi. Unda jamiyatning asosiy maqsad va vazifalari belgilab olindi: iqtisodiyot, ta’lim, ilm-fan, madaniyat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish va jamoatchilik o‘rtasida do‘stlik ruhini mustahkamlash.
Ta’sischilar yakdil qarori bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston do‘stlik jamiyati raisi etib saylandi.
Yangi jamiyat ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!