Samarqand viloyati Payariq tuman markaziy shifoxonasi hamshirasi K.A. 2025-yil 12-aprel kuni ruhiy nosogʻlom ayolning 3 kunlik chaqalogʻini aldab olib, uning pasporti va tugʻilganlik guvohnomasini ham qoʻlga kiritgan.
U bolani Minlo mashinasida tanishi F.B.ning uyiga olib borib, 5 million soʻm va 100 dollar evaziga sotgan. Mablagʻni shaxsiy ehtiyojlariga ishlatgan.
Tergov natijasida chaqaloq topilib, tugʻuruqxona ixtiyoriga qaytarildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Payariq tuman sudi K.A.ni odam savdosi moddasi bilan aybli deb topib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish, sogʻliqni saqlash sohasida ishlash huquqidan 2 yilga cheklash jazosi tayinladi.
Dastlab uning Minlo mashinasi davlat foydasiga oʻtkazilishi belgilangan bo‘lsa-da, apellyatsiya sudi bu qarorni bekor qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!