Jahon

Rossiya Qiynoqlarga qarshi konvensiyadan chiqdi

Rossiya Qiynoqlarga qarshi konvensiyadan chiqdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29-sentyabr kuni Yevropa Kengashining Qiynoqlarning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiyasidan chiqish haqidagi qonunni imzoladi.

Avvalroq bu hujjatni Davlat dumasi va Federatsiya kengashi ma’qullagan edi.1987-yilda qabul qilingan konvensiya hamda unga qo‘shilgan 1- va 2-protokollar bekor qilinadi.

Rasmiy tushuntirishda aytilishicha, Rossiya 2023-yildan buyon Qiynoqlarning oldini olish qo‘mitasida vakillikka ega emasligi sababli konvensiyadan chiqishga qaror qilgan.