Iqtisod

Oltin narxi rekordni yangilashda davom etmoqda

Oltin narxi rekordni yangilashda davom etmoqda

30-sentyabr kuni xalqaro bozorda oltinning troya unsiyasi narxi 3 860 dollarga yetib, yangi rekordni qayd etdi.

O‘zbekiston Markaziy banki ham oltin quymalari uchun tarixiy yuqori narxni belgiladi:

1 gramm oltin quymasi — 1 mln 538 ming so‘m.

Bozor prognozi

Analitiklar 2025-yilda oltin narxi 4 000 dollargacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

29-sentyabr savdolari natijalari

Oltin — 1,4% ga oshib, 3 812 dollarga ko‘tarildi.

Kumush — 2,4% ga qimmatlashdi.

Platina va palladiy — qariyb 3% ga oshdi.

Tahlilchilar fikri

Mutaxassislar oltin narxining barqaror o‘sishini ta’minotdagi cheklovlar, investitsion fondlarga kuchli kapital oqimi va AQSh dollarining zaiflashuvi bilan izohlamoqda.