Jahon

Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochildi

Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochildi

Xitoyning Guychjou provinsiyasida, Huatszyan darasi ustida qurilgan yangi osma ko‘prik avtomobillar harakati uchun ochildi. Ko‘prik sathidan pastda oqib o‘tuvchi Beypan daryosigacha bo‘lgan masofa 625 metrni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich uni dunyodagi eng baland ko‘prikga aylantiradi.

Huatszyan darasi ustidagi inshootning qurilishi qariyb 4 yil davom etdi va loyiha qiymati 280 million dollarga baholandi. Ko‘prikning umumiy uzunligi esa 2,9 kilometrni tashkil etadi.

Mahalliy ma’muriyatning ma’lum qilishicha, yangi yo‘l daraning bir tomonidan ikkinchi tomoniga borish vaqtini ikki soatdan atigi ikki daqiqagacha qisqartiradi.

Loyihaning ishga tushirilishi mintaqaviy transport tarmog‘ini sezilarli darajada yaxshilab, hududning iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishiga yangi turtki berishi kutilmoqda.