O‘zbekiston

O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida ishsizlik darajasi bo‘yicha uchinchi o‘rinda

O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida ishsizlik darajasi bo‘yicha uchinchi o‘rinda

O‘zbekistonda 2025-yilning ikkinchi choragida ishsizlik darajasi 5,1 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga (2024-yilda — 5,5 foiz) nisbatan pasaygan.

Taqqoslash uchun, Yevropa Ittifoqida joriy yilning ikkinchi choragida ishsizlik o‘rtacha 6 foizni tashkil qilgan. Qayd etilishicha, Yevropaning rivojlangan davlatlarida ko‘rsatkich oshgan bo‘lsa, O‘zbekistonda pasayish kuzatilgan.

MDH mamlakatlarida ishsizlik darajasi (2025-yil II chorak):

  • Armaniston — 14 %
  • Ozarbayjon — 5,3 %
  • O‘zbekiston — 5,1 %
  • Qozog‘iston — 4,6 %
  • Rossiya — 2,2 % (eng past ko‘rsatkich)

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekiston ishsizlik darajasi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida ikkinchi o‘rinda qayd etilgan edi.

2024-yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyada 1,9 million, O‘zbekistonda esa 836,4 ming ishsiz bo‘lgan. Eng kam rasmiy ro‘yxatga olingan ishsizlar Qirg‘izistonda — 104,7 ming kishi.

Shunday qilib, O‘zbekiston hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari orasida ishsizlik darajasi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallab turibdi.