Jahon

HAMAS garovdagilarni ozod qilish masalasida muzokaralarga tayyor

HAMAS garovdagilarni ozod qilish masalasida muzokaralarga tayyor

Falastinning HAMAS harakati barcha tirik isroillik garovdalarni ozod qilishga va AQSH prezidenti Donald Tramp rejasiga muvofiq halok bo‘lganlarning jasadlarini topshirishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, HAMAS vositachilar orqali darhol muzokaralarni boshlashga tayyor. Biroq siyosiy byuro rahbari o‘rinbosari Muso Abu Marzuk hozirgi sharoitda garovlarni 72 soat ichida ozod qilish imkoniyati yo‘qligini ta’kidlagan.

Tramp rejasining boshqa jihatlari esa anklavning kelajagi va falastinliklarning huquqlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular Umumfalastin tuzilmasi doirasida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.