Tunisda 56 yoshli Saber Shushan mamlakat prezidenti Qays Saidni ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilgani uchun qatlga hukm qilindi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Advokati Ussam Butaljanning aytishicha, Nabel shahridagi sudning qarori “misli ko‘rilmagan” bo‘lib, allaqachon ustidan shikoyat kiritilgan. Unga ko‘ra, Shushan siyosiy faol emas, oddiy ishchi bo‘lib, faqat norozilik fikrlarini bildirgan.
Mahkumning qarindoshlari ham hukmni zulm va adolatsizlik deb baholagan.
Tunisda o‘lim jazosi kamdan-kam hollarda tayinlanadi va oxirgi 30 yildan beri ijro etilmagan. Shunga qaramay, mazkur qaror ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ko‘plab faollar va huquq himoyachilari buni tuzum tanqidchilariga bosim sifatida ko‘rmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!