Madaniyat

Namanganda IV Xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tadi

Namanganda IV Xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tadi

24–26-oktyabr kunlari Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida IV Xalqaro asal festivali o‘tkaziladi.

Festivalda 10 dan ortiq davlatlardan kelgan asalarichilar, respublikaning barcha hududlaridan ustalar, xalqaro ekspertlar, olimlar va ijodkorlar ishtirok etadi.

Tadbir dasturidan asal yarmarkasi, ilmiy-amaliy konferensiyalar, B2B uchrashuvlar, madaniy shoular, osh chempionati, moda ko‘rgazmasi va mahorat darslari o‘rin olgan.

Festival doirasida, shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar ham o‘tkaziladi.