Hodisa

Qirg‘izistondagi kuchli zilzila O‘zbekistonda sezildi

Qirg‘izistondagi kuchli zilzila O‘zbekistonda sezildi

Qirg‘izistonda 6-oktyabr kuni 7 balli kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Zilzila soat 1:29 da kuzatilgan bo‘lib, uning episentri Jalolobod shahri (Toshkentdan 199 km shimoliy-sharqda joylashgan) hududida joylashgan. Zilzilaning magnitudasi 5,7, chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil etgan.

O‘zbekiston hududida zilzila quyidagi kuch bilan sezilgan:

  • Namangan viloyatida — 3–4 ball (106 km masofada)
  • Andijon viloyatida — 3 ball (144 km)
  • Farg‘ona viloyatida — 2–3 ball (176 km)
  • Toshkent shahrida — 2–3 ball (199 km)
  • Sirdaryo viloyatida — 2 ball (275 km)

Zilzila sodir bo‘lgan vaqt atrofida “O‘zbekiston havo yo‘llari” texnik sabablarga ko‘ra 5-oktyabr kuni Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishidagi HY553/HY554 reyslarini kechikish bilan va o‘zgartirilgan jadval asosida amalga oshirishini ma’lum qildi.

Yangilangan reys jadvali:

  • Toshkentdan uchish — 01:45 (6-oktyabr)
  • Kuala-Lumpurga yetib kelish — 12:00 (6-oktyabr)
  • Kuala-Lumpurdan uchish — 13:20 (6-oktyabr)
  • Toshkentga yetib kelish — 18:20 (6-oktyabr)

Barcha vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.