Toshkentdagi Gʻafur Gʻulom metro bekatida ayol yo‘lovchi farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bekatdagi navbatchi xodima Naima Maxamadjonovaga ichki ishlar xodimi yo‘lovchi ayolning holati haqida xabar bergan. Xodima o‘zining tibbiy tayyorgarligi asosida ayolga birinchi yordam ko‘rsatgan hamda uning farzandini sog‘-omon dunyoga keltirishiga ko‘maklashgan.
Naima Maxamadjonova chaqaloqning kindigini bog‘lab, nafas olish refleksini faollashtirgan. Shu vaqt ichida tez yordam xizmati va ayolning yaqinlari chaqirilgan.
Ma’lum qilinishicha, ona va bola sog‘lom holatda shifoxonaga yetkazilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!