Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi A.T. (1974-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan)ga nisbatan jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqib, hukm e’lon qildi.
Sud A.T.ni Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi, 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi va 244-3-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, 57, 59 va 61-moddalar asosida 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jazo umumiy tartibdagi koloniyada o‘taladi.
Shuningdek, A.T.ning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan internet tarmog‘idagi Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari, Telegram messenjeri hamda YouTube videoxostingidagi Mubaşşir Ahmad va Azon Global – Muqobil axborot-tahliliy kanali nomli sahifalar (kanallar) faoliyati to‘xtatilib, bloklanishi belgilandi.
Sud hukmi ustidan belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish mumkin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!