Prezidentning 2025-yil 4-oktabrdagi farmoniga ko‘ra, davlat boshqaruvida raqamlashtirish joriy etilib, ortiqcha shtatlar qisqartiriladi.
Jami 2141 ta lavozim tugatiladi. Eng ko‘p qisqarish Soliq qo‘mitasi (498 ta), Suv xo‘jaligi vazirligi (224 ta), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (200 ta) va Bandlik vazirligida (163 ta) amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvi tizimida ish jarayonlari endi elektron shaklda, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda bajariladi.
Farmonga ko‘ra, qisqargan xodimlar yordamsiz qolmaydi — ularga yangi ish topishda, qayta o‘qitishda yoki boshqa sohalarga yo‘naltirishda yordam ko‘rsatiladi.
Mutaxassislar fikricha, qisqa muddatda ayrim o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin, ammo uzoq muddatda bu islohotlar yangi ish o‘rinlarini yaratish va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!