Jinoyat

Prokuratura xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi

Prokuratura xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi

Davlat tuzilmalarida korrupsiyani oldini olish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti G‘uliston tuman bo‘limi boshlig‘i hamda Bekobod shahar bo‘limi katta tezkor vakili fuqarodan 25 ming AQSh dollari olayotganda ushlandi.

Tekshiruv jarayonida ular Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi MChJlar rahbarlariga nisbatan ochilgan jinoyat ishlarini “ijobiy hal qilib berish” evaziga pora so‘ragani aniqlangan. Shuningdek, ular ilgari ham 108 ming AQSh dollari miqdorida noqonuniy pul olganliklari ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular qamoqqa olingan, tergov harakatlari davom etmoqda.