Ilm-fan, Siyosat

O‘stama to‘lanadigan sertifikatlar ro‘yxati yangilandi

O‘stama to‘lanadigan sertifikatlar ro‘yxati yangilandi

O‘qituvchilarga ustama to‘lanadigan milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Yangi qarorga ko‘ra:

Cambridge Assessment English nomi o‘zgartirildi, ro‘yxatga Aptis va TELC tizimlari qo‘shildi;

TOEFL iTP va MCE sertifikatlari ro‘yxatdan chiqarildi;

O‘qituvchilar uchun endilikda B2 darajali sertifikat majburiy bo‘ladi;

Ayrim TESOL va TEFL sertifikatlari endi imtiyoz bermaydi;

Umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlar ro‘yxati kengaytirildi.

Mazkur o‘zgarishlar o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan.