Jahon

O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga yo‘l oldilar

O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga yo‘l oldilar

2025-yil 10-oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi pilot loyihasi doirasida O‘zbekistonadan Italiyaga hamshiralor guruhi yo‘lga chiqdi.

Mazkur pilot loyiha Italiya bosh vaziri Jorja Meloni xonimning 2025 yil may oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan Migratsiya va mobillik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Loyiha mehnat migratsiyasi sohasida insonparvar va tizimli yondashuvni joriy etish, tibbiyot sohasi mutaxassislariga Yevropa davlatlarida qonuniy va xavfsiz ish faoliyatini ta’minlashga qaratilgan.

Kuzatish marosimida Migratsiya agentligi mas’ullari hamda Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi va hamshiralarga xalqaro mehnat bozorida omad tiladilar.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Italiya hamkorligini mustahkamlash va tibbiyot mutaxassislari uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.