Jinoyat

Andijonda mansabdor shaxs pora olayotganda ushlandi

Andijonda mansabdor shaxs pora olayotganda ushlandi

Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari mansab mavqeidan foydalanib, tuman hududidan o‘tgan katta yo‘l bo‘yida 400 metr uzunlikdagi zovurni yopiq tizimga o‘tkazgan holda, 60 sotix yer maydonida har biri 30 kv/m bo‘lgan 8 ta savdo do‘koni qurish uchun yer ajratish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga fuqaroddan 15 000 AQSh dollari talab qilib, oldindan 200 AQSh dollari olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim o‘rinbosari qolgan 14 800 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,v” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Korruptsiyaga qarshi murosasiz kurashish har bir fuqaroning burchidir. E’tiborli bo‘ling va ayrim shaxslarning kirdikorlariga sherik bo‘lib qolmang. Xalqimizda aytilganidek, “So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman”.