Hodisa

Andijonda bir nechta uylarni suv bosdi

Andijonda bir nechta uylarni suv bosdi

Andijon tumanining Qumko‘cha mahallasida joylashgan SRK-1 mahalliy kanalidagi suv sathi ortib ketishi oqibatida bir nechta xonadonlarning tomorqalarini suv bosdi.

Favqulodda vaziyat 11-oktabr kuni soat 07:58 da yuz bergan. Kanalning ayrim qirg‘oqlari va dambalari yorilib, suv ayrim hovlilarga kirib borgan.

Hozirda irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi xodimlari muhandislik texnikalari yordamida suv oqimini to‘xtatish va qirg‘oqni mustahkamlash ishlarini olib bormoqda.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. FVB, hokimlik va qutqaruv xizmatlari vakillari voqea joyida zararni bartaraf etish ishlarini davom ettirmoqda.