Afg‘oniston hukumati Pokistonni mamlakat suverenitetini buzganlikda aybladi. Rasmiy Kobul bu voqeani “zo‘ravon va provokatsion harakat” deb atadi.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Pokiston harbiy aviatsiyasi Paktika viloyatidagi bozorga zarba bergan, natijada bir necha do‘konlar vayron bo‘lgan.
Pokiston tomoni hujumni na tasdiqladi, na rad etdi, biroq general Ahmad Sharif Chaudhri Afg‘oniston hududi Pokistonga qarshi terrorchilik bazasi sifatida ishlatilayotganini bildirdi.
Kobul esa bu ayblovlarni qat’iyan rad etib, zarba TTP yetakchisi Nur Vali Mehsoodga qaratilgani haqidagi xabarlarni asossiz dedi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!