Jizzax viloyatining Forish tumanida kichik quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) reaktori binosi uchun poydevor kotlovanini qazish ishlari boshlandi. Shuningdek, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida Yadro tibbiyot markazini tashkil etish ishlariga ham start berildi.

Mazkur ikki loyiha bo‘yicha tantanali marosim 9-oktabr kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida, Markaziy Osiyo – Rossiya sammiti doirasida o‘tkazildi. Tadbirda “O‘zatom” direktori Azim Ahmadxo‘jayev va “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyov ramziy tugmani bosib, loyihalarga rasmiy start berdilar.

“O‘zatom” ma’lumotiga ko‘ra, AES reaktorini joylashtirish uchun birinchi beton quyish 2026-yil mart oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“Ushbu yirik loyiha mamlakatimiz energetik mustaqilligini ta’minlash, ekologik toza energiya yetkazib berish imkonini beradi,” — dedi “O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmadxo‘jayev.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!