Jahon

Yerda qushlarning yarmi yo‘qolib ketish xavfi ostida

Yerda qushlarning yarmi yo‘qolib ketish xavfi ostida

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) o‘zining yangilangan Qizil kitob ro‘yxatiga 48 646 ta yangi turni kiritdi. Shu bilan birga, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi jami turlar soni 172 620 taga yetdi, deb xabar beradi CNN.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dengiz muzlarining erishi, o‘rmonlarning kesilishi va iqlim o‘zgarishlari ko‘plab hayvonlar, jumladan Arktika tyulenlari va qushlar uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

IUCN ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoradagi qushlarning 61 foizi kamayib bormoqda (2016-yilda bu ko‘rsatkich 44 foiz edi). Asosiy sabab — yashash muhitining buzilishi, ayniqsa o‘rmonlarning yo‘qolishidir.

Shu bilan birga, ayrim turlarni saqlab qolish bo‘yicha choralar ijobiy natija bermoqda. Masalan, yashil dengiz toshbaqalari populyasiyasi 1970-yillardan beri 28 foizga oshgan.

Mutaxassislar bu ma’lumotlar sayyoramiz ekologik muvozanatini saqlash va tabiatni muhofaza qilish choralarini kuchaytirish zarurligini yana bir bor tasdiqlashini ta’kidlamoqda.