Jahon

Pokiston va Afg‘oniston chegarasida to‘qnashuv

Pokiston va Afg‘oniston chegarasida to‘qnashuv

15-oktyabrga oʻtar kechasi Pokiston va Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi. Guvohlar ikki tomon ham og‘ir qurollardan foydalanganini bildirgan.

Pokiston armiyasi Xayber-Paxtunxva viloyatining Kurram okrugidagi hujumga javoban Afg‘oniston hududidagi pozitsiyalarga zarba bergan. Mojaro “Tolibon” va “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” jangchilari Pokiston postlariga o‘t ochgani sabab yuzaga kelgan.

Afg‘oniston ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuvda 58 pokistonlik askar halok bo‘lgan, 30 nafari yaralangan. 9 afg‘on askari halok bo‘lgan, ammo Qatar va Saudiya Arabistoni vositachiligidan so‘ng to‘qnashuvlar to‘xtatilgan.

Pokiston armiyasi esa 23 askar halok bo‘lgan, 29 nafari yaralanganini va 200 dan ortiq jangchi zararsizlantirilganini bildirgan.