O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Saudiya kompaniyalarini O‘zbekiston loyihalariga jalb qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya kompaniyalarini O‘zbekiston loyihalariga jalb qildi

15-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda ACWA Power, Al Muhaidib Group, Data Volt, Saudi Tabreed, Miahona va boshqa kompaniyalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi sheriklik mustahkamlanishi, qo‘shma loyihalarning portfeli 27 milliard dollardan oshgani, joriy yil Saudiya investitsiyalari esa 2 milliard dollarni tashkil etgani qayd etildi. Shuningdek, yangi Toshkent xalqaro aeroportining qurilishiga tamal toshi qo‘yilishi ham muhim voqea sifatida e’tirof etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev saudiyalik investorlarni energetika, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, infratuzilma va strategik qazilmalar sohasidagi loyihalarda faol ishtirok etishga chaqirdi. Saudiya ishbilarmonlari esa O‘zbekistonning barqaror rivojlanishini yuqori baholab, kelgusidagi hamkorlik rejalarini bildirdi.