Jinoyat

Buxoroda sud tizimi xodimining noqonuniy harakati fosh bo‘ldi

Buxoroda sud tizimi xodimining noqonuniy harakati fosh bo‘ldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining arxiv mudiri ichki ishlar organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchiga sud tizimidagi tanishlari orqali yengillik yaratib berishni va kelgusida hukmni o‘zgarmasligini va’da qilgan. U buning evaziga 700 AQSh dollari talab qilib, avvalroq 100 dollarni olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda arxiv mudiri qolgan 600 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.