Shuni quvonch va iftixor bilan aytish mumkinki, dunyoning eng nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Oksford universitetining “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakultetida endilikda o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi.
Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
U shuningdek, universitet tomonidan Prezidentimiz rahbarligida O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, maxsus mukofot topshirilganini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Oksforddagi tashrifi davomida Bodlian kutubxonasi bilan ham tanishdi. Ushbu qadimiy kutubxonada Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy” asari, Alisher Navoiyning “Xamsa”si, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”, Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa ko‘plab nodir qo‘lyozmalar saqlanmoqda.

Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!