Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etgan Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlariga yuqori baho berdi.
“Siz boshqaruv va shaffoflik asosida oldingi og‘ir merosni ortda qoldirdingiz va yangi tarix yaratdingiz. Men 15 ta mamlakatda investitsiya loyihalarini amalga oshirganman va 30 dan ortiq davlatda bo‘lganman. Har joyda men ‘Yangi O‘zbekiston’ haqida eshitaman. Bu Yangi O‘zbekiston — Sizning sadoqatingiz va mehnatingiz mahsulidir”, — dedi Muhammad Abunayyan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!