Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Rossiya prezidentining farmoni e’lon qilindi.
Farmonga ko‘ra, Yo‘ldoshev ushbu mukofotga “xorijda rus tili va madaniyatini saqlash hamda ommalashtirishga qo‘shgan hissasi uchun” loyiq deb topilgan.
Shuningdek, “Do‘stlik” ordeni bilan Tojikistonning sobiq bosh prokurori, respublika Xavfsizlik kengashi kotibi Yusuf Rahmon hamda Venesuela poytaxti Karakas meri Karmen Tereza Melendes Rivas ham taqdirlangan.
Rossiya prezidenti tomonidan beriladigan “Do‘stlik” ordeni davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, madaniy va insoniy aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shgan shaxslarga topshiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!