Madaniyat

Britaniya telekanalida O‘zbekiston haqidagi film premyerasi bo‘lib o‘tdi

Britaniya telekanalida O‘zbekiston haqidagi film premyerasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan “UZBEKISTAN: THE GOLDEN ROAD” (O‘zbekiston – oltin yo‘l) nomli yangi hujjatli film yaratildi.

Mazkur kartina Britaniyaning mashhur olimi, yozuvchi va teleboshlovchisi Bettany Xyuz tomonidan “TREASURES OF THE WORLD” (Jahon xazinalari) seriali doirasida suratga olingan. Filmda O‘zbekistonning boy tarixi, betakror tabiati va madaniy merosi zamonaviy kinoeffektlar yordamida yoritilgan.

Premyera, 18-oktyabr kuni soat 19:00 da (London vaqti bilan) Buyuk Britaniyaning “Channel 4” telekanalida namoyish etildi. Film yaqin kunlarda O‘zbekistonda ham tomoshabinlarga taqdim etilishi rejalashtirilgan.