Jinoyat

Surxondaryoda qurilish sohasida firibgarlik holati fosh etildi

Surxondaryoda qurilish sohasida firibgarlik holati fosh etildi

Surxondaryo viloyatida qurilish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan sodir etilgan firibgarlik holati aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, qurilish ishlarini loyihalashtirishga ixtisoslashgan MChJ arxitektori Muzrabot tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirgan.

U fuqaroga tegishli, qurilishi tugallanmagan noturar bino loyihasini tegishli tashkilotlardan “muammosiz” o‘tkazib berish evaziga 17 million so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida arxitektor so‘ralgan pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tadbir davomida aniqlanishicha, u 17 million so‘mdan 1 million so‘mini Muzrabot tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘iga berishni rejalashtirgan. Mazkur mansabdor ham pullarni olayotgan paytda ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.