Bulung‘ur tumanida sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga mehnatga oid kafolatlangan to‘lovlar berilmagani aniqlangan. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Tekshiruv davomida ayrim tibbiyot xodimlariga mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida ogohlantirish berilgan bo‘lsa-da, ularga tegishli to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani ma’lum bo‘lgan.
Mehnat kodeksining 100-moddasiga ko‘ra, ish qidirish davrida ikki oygacha o‘rtacha ish haqi saqlanishi belgilangan. Shu asosda 82 nafar xodim foydasiga 574 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi.
Mutasaddilar ma’lumotiga ko‘ra, bunday holatlarning oldini olish va xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!