Prezident Shavkat Mirziyoyev “IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichi qurilishiga rasman start berdi. Tantanali marosimda davlat rahbari kapsula qo‘ydi.

Yangi majmua Toshkentdagi innovatsion hududda barpo etilib, quvvati 500 megavattga yetkaziladi. Loyiha doirasida Sun’iy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari, ikki 20 qavatli ofis binosi, shuningdek, servis va savdo markazlari qurilishi rejalashtirilgan.

Mazkur majmua eng ilg‘or texnologiyalar, innovatsiyalar va bilimlarga asoslangan “Sun’iy intellekt xabi”ga aylanishi kutilmoqda.

Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!