Bryussel shahrida o‘tkazilgan “The Global Tourism Forum”da O‘zbekiston “Eng yaxshi madaniy turizm destinatsiyasi” nominatsiyasi g‘olibi deb e’tirof etildi.

Tadbirda Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiyev boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizning turizm salohiyati va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. O‘zbekiston milliy stendi forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Forum doirasida delegatsiya a’zolari BMT Turizm Bosh kotibi Shayxa Al-Novays, Yevropa Komissiyasi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Misr Arab Respublikasi hamda TripAdvisor vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!