Jahon

AQSh va Isroil G‘azoni ikki hududga bo‘lish rejasini muhokama qilmoqda

AQSh va Isroil G‘azoni ikki hududga bo‘lish rejasini muhokama qilmoqda

The Wall Street Journal nashri ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va Isroil G‘azo sektorini ikki qismga — Isroil va HAMAS nazoratidagi alohida hududlarga bo‘lish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, rekonstruksiya jarayonlari faqat Isroil tomonida vaqtinchalik chora sifatida amalga oshiriladi. Bu ishlar HAMAS qurolsizlantirilmaguncha va hokimiyatni tark etmaguncha davom etadi.

Hozirda Isroil o‘z qo‘shinlarining bir qismini G‘azodan olib chiqdi va ankavning taxminan 53 foizini nazorat qilmoqda.

AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vensning ta’kidlashicha, hozirda G‘azada ikki xil hudud mavjud — biri nisbatan xavfsiz, ikkinchisi esa nihoyatda xavfli. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning asosiy maqsadi xavfsiz hududni geografik jihatdan kengaytirishdir.

«Hozirda SAXAL nazoratidagi hududda G‘azada yashovchi falastinliklarga borish, ish topish va yashash imkonini beruvchi yangi G‘azoni qurish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda», deydi Donald Trumpning kuyovi va sobiq maslahatchisi Jared Kushner.

Arab vositachilari esa bu g‘oyaga qat’iy qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha, G‘azoni bo‘lib tashlash ankavga qo‘shin kiritish yoki uni qo‘riqlash uchun arab davlatlarining roziligisiz amalga oshirilmasligi kerak.

Nashr yozishicha, ushbu g‘oya HAMASni qurolsizlantirish hamda ankavni nazorat qila oladigan, qayta qurish uchun zarur investitsiyalarni jalb etish imkoniga ega bo‘lgan muqobil hukumatni shakllantirish masalasiga borib taqaladi.