Jamiyat

Toshkentda ruxsatsiz reklama joylashtirishga qarshi nazorat kuchaymoqda

Toshkentda ruxsatsiz reklama joylashtirishga qarshi nazorat kuchaymoqda
Oplus_16777216

Toshkent shahrida reklama pasportisiz harakatlanayotgan transport vositalarini aniqlash va bunday holatlarning oldini olish maqsadida monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Toshkent shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi hamda Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamkorligida amalga oshirildi.

Tadbir davomida transport vositalariga «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi 104-son qarori talablariga rioya qilmagan holda reklama joylashtirilgani aniqlandi.

Qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rildi va haydovchilar hamda reklama buyurtmachilariga huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.

Hozirda Toshkent shahrida reklama va targ‘ibot vositalarining qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan monitoring ishlari izchil davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, Tashqi reklama joylashtirish faqat my.gov.uz portali orqali reklama joyining pasporti olingan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.