Bugun Samarqand shahrida “Iqlim harakati va uning ijtimoiy ta’siri, ayniqsa yoshlar uchun” mavzusida 14-UNESCO Yoshlar Forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 140 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan yosh yetakchilar ishtirok etib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, barqaror rivojlanish hamda yoshlarning global siyosatdagi o‘rni haqida fikr almashdilar.

Ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev nutq so‘zlab, yoshlarning global muammolar yechimida faol ishtiroki va ularning ovozi xalqaro miqyosda eshitilayotganini ta’kidladi.

Forum davomida bildirilgan fikr va takliflar yakuniy hujjat sifatida UNESCOning 43-Umumiy konferensiyasiga taqdim etiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!