YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Samarqand shahrida YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalarning 12-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.
Yig‘ilishda tashkilot kun tartibidagi qator dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Jumladan:
-
yoshlar siyosatini rivojlantirish;
-
davlatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;
-
barqaror rivojlanish;
-
inklyuzivlik masalalari.
Yig‘ilishni YuNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova ochib berdi va yig‘ilish raisi etib saylandi.
U o‘z nutqida kun tartibining mazmunan boy ekanini hamda YuNESKO faoliyatidagi muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishini ta’kidladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!