Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasi joriy yilning 7-noyabridan boshlab Ostona – Samarqand – Ostona yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi.
Parvozlar haftasiga ikki marta – juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Yo‘nalishning yo‘lga qo‘yilishi qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarni kuchaytiradi, sayyohlar, tadbirkorlar va talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bu, shuningdek, turizm, savdo, ta’lim va madaniy tashabbuslarni rivojlantirishga yangi turtki beradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!