Ufa xalqaro aeroportida vaqtinchalik parvoz cheklovlari joriy etilgani sababli, Toshkent – Ufa – Toshkent yo‘nalishidagi HY9657/9658 reyslari favqulodda tarzda Qozon xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi.
Mazkur parvozlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” (Uzbekistan Airways) aviakompaniyasiga tegishli. Cheklovlar tufayli samolyotlar Ufaga qo‘na olmagan va zaxira aeroport sifatida Qozon tanlangan.
Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lovchilar xavfsizligi to‘liq ta’minlangan, barcha samolyotlar muvaffaqiyatli tarzda qo‘nib, parvozlarni normal holatda yakunlagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!