Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar–sentyabr oylarida aholining umumiy daromadlari 825,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Inflyatsiyani hisobga olganda, real o‘sish sur’ati 8,4 foizni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga o‘rtacha daromad — 21,8 million so‘m. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (52 mln so‘m), eng past daromad esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida (14,8 mln so‘m) qayd etildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!