Jahon

Xitoyda uchuvchi avtomobillar ommaviy ishlab chiqarila boshlandi

Xitoyda uchuvchi avtomobillar ommaviy ishlab chiqarila boshlandi

Xitoyning XPeng elektromobil ishlab chiqaruvchisi vertikal uchish va qo‘nish imkoniyatiga ega uchuvchi avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarishni sinov tariqasida yo‘lga qo‘ydi.

Dunyodagi birinchi aqlli zavod

Ishlab chiqarish jarayoni Xitoy janubida joylashgan dunyodagi birinchi aqlli zavodda amalga oshirilmoqda. Korxona allaqachon Land Aircraft Carrier deb nomlangan modulli avtomobilning ajratib olinadigan elektr uchish apparatini ishlab chiqargan.

5 mingta oldindan buyurtma

XPeng kompaniyasi mahsulot taqdimotidan buyon deyarli 5 mingta “uchuvchi avtomobil” uchun buyurtma olgan. Ommaviy ishlab chiqarish va yetkazib berish 2026 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

Avtomobil qanday tuzilgan?

  • “Uchuvchi avtomobil” olti g‘ildirakli yer transport vositasi va undan ajraluvchi vertikal uchish-qo‘nish apparatidan iborat.

  • U avtomatik va qo‘lda boshqarish rejimlariga ega. Avtomatik rejimda aqlli yo‘nalishni rejalashtiradi va bir tugmada uchish hamda qo‘nishni amalga oshiradi.

  • Transport vositasining uzunligi taxminan 5,5 metr, u odatiy haydovchilik guvohnomasi bilan oddiy yo‘llarda harakatlana oladi va standart avtoturargohlarda to‘xtashi mumkin.