Jahon

Shimoliy Koreya yettinchi yadroviy sinovni o‘tkazishga tayyor

Shimoliy Koreya yettinchi yadroviy sinovni o‘tkazishga tayyor

Janubiy Koreya razvedkasi xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yettinchi yadroviy sinovini o‘tkazishga tayyor. Buning uchun mamlakat rahbari Kim Chen In buyruq berishi kifoya qiladi.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In yaqin orada Pungeridagi 3-sonli tunnelda sinov o‘tkazishni buyurishi mumkin. Shimoliy Koreya so‘nggi marta 2017-yilda yer ostida yadroviy sinov o‘tkazgan edi.

Shuningdek, Pxenyan yadro materiallarini yig‘ish va yangi turdagi yadro kallaklarini ishlab chiqarish ishlarini kuchaytirgan. Mamlakat Rossiya texnik yordami bilan yangi josus sun’iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorlanmoqda, u ilgari mavjud bo‘lgan texnikadan yuqori aniqlikdagi suratlar olishi mumkin.

Seul rasmiylariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Keson sanoat majmuasining ayrim qismlarini qayta ishga tushirgan, u yerda kundalik hayot uchun zarur buyumlar ishlab chiqarilmoqda.