O‘zbekiston

“Hech bir mansabdor, puli ko‘p shaxs bu siyosatga xiyonat qila olmaydi” — Erkinjon Turdimov to‘ylarga qo‘yilgan cheklovlar haqida

“Hech bir mansabdor, puli ko‘p shaxs bu siyosatga xiyonat qila olmaydi” — Erkinjon Turdimov to‘ylarga qo‘yilgan cheklovlar haqida

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov to‘y va marosimlarda ortiqcha dabdaba hamda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik masalasida chiqish qilib, viloyat rahbarlari xalq uchun o‘rnak bo‘lishi shartligini ta’kidladi.

Turdimovning so‘zlariga ko‘ra, to‘ylarni me’yorda o‘tkazish haqidagi siyosat qat’iy davom ettiriladi va bu qarorga hech kim — na mansabdor, na boy shaxs — qarshi chiqa olmaydi:

“Hech bir mansabdor, puli ko‘p shaxs bu siyosatga xiyonat qila olmaydi. Biz xalqimizni ortiqcha xarajatlardan, dabdabadagi musobaqalardan asrash uchun bu choralarga qo‘l urdik. Hokimdan tortib eng oddiy fuqarogacha bu talablarga amal qilishi kerak.”

Uning fikricha, to‘y va marosimlarda ortiqcha sarf-xarajatlar nafaqat oilalarga iqtisodiy zarar yetkazadi, balki jamiyatda adolatsizlik va raqobat kayfiyatini kuchaytiradi.

Turdimov rahbarligida Sirdaryo viloyatida to‘ylar, sunnat marosimlari va boshqa tadbirlarni ixcham, milliy qadriyat va imkoniyatlarga mos tarzda o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda.