Sport

Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli stadion qurilishiga start berildi

Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli stadion qurilishiga start berildi

11-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli zamonaviy futbol stadioni qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

Yangi inshoot FIFA talablariga to‘liq mos ravishda barpo etiladi hamda Osiyodagi eng yirik stadionlardan biri bo‘ladi. Stadion «yashil energiya», «aqlli boshqaruv» va «qulay muhit» tamoyillari asosida quriladi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Yangi Toshkent kelajakda mamlakatning ilg‘or g‘oyalar markaziga aylanadi. Ushbu stadion 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev stadion poydevoriga kapsula qo‘yib, qurilish ishlarini boshlab berdi.