Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabi xodimasining sog‘lig‘i bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, G.U. 2023-yil 19-sentabrdan buyon mazkur maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan. 8-oktyabr kuni u ishga kelib, xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda o‘zini yomon his qilgan va toza havo olish uchun hovliga chiqqan vaqtida hushidan ketgan.
Mazkur holat yuzasidan rahbariyat “Tez yordam” xizmatiga murojaat qilgan hamda xodimaning turmush o‘rtog‘iga xabar bergan. Tibbiyot xodimlari va turmush o‘rtog‘i bir paytda yetib kelgan. Ayol shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar unga insult tashxisini qo‘ygan.
Maktab jamoasi hamda kasaba uyushmasi tomonidan xodimaga moddiy yordam ko‘rsatilgan, biroq u kasallikni yenga olmagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!