Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning adliya vaziri va sobiq energetika vaziri German Galushchenko korrupsiya ayblovlari sababli lavozimidan chetlatilganini e’lon qildi.
Bosh vazir Yuliya Svyridenko ma’lum qilishicha, Galushchenkoning o‘rnini hozircha Yevropa integratsiyasi bo‘yicha vazir o‘rinbosari Lyudmila Sugak egallaydi.
Maxsus korrupsiyaga qarshi prokuratura Galushchenkoni 100 million dollarlik korrupsiya ishi bilan bog‘lamoqda. Galushchenko o‘zini himoya qilishini va tergov davomida vazifasidan chetlatilishni “to‘g‘ri yo‘l” deb atadi.
Prezident Zelenskiy ta’kidlagan: “Adliya va Energetika vazirlari o‘z lavozimlarida ortiq qola olmaydi. Ayblovlar bo‘lsa, tergov qilinishi kerak”.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!