Jahon

Isroil G‘azoda Zikim chegara punktini qayta ochdi

Isroil G‘azoda Zikim chegara punktini qayta ochdi

Isroil armiyasining gumanitar yordamni nazorat qiluvchi bo‘limi — COGAT 12-noyabr kuni G‘azoning shimolida joylashgan Zikim chegara punktini qayta ochganini ma’lum qildi. Endilikda gumanitar yordam yuk mashinalari anklavga kiritilishi mumkin bo‘ladi.

BMTning bir necha agentliklari uzoq vaqt davomida bu punktni ochishni so‘rab kelgan. Ularning ta’kidlashicha, ayniqsa oktyabr oyidagi Isroil-HAMAS otashkesimidan so‘ng, G‘azoning shimoliy qismidagi aholiga yordam yetkazish uchun bu juda zarur.

BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha idorasi (OCHA) ma’lumotiga ko‘ra, Zikim punkti avval 12-sentyabr kuni yopilgan va shundan buyon hech bir tashkilot u orqali yordam olib kira olmagan. Isroil harbiylari esa yopilish sabablarini izohlashdan bosh tortgan.

COGAT bayonotida aytilishicha, chegara punkti siyosiy rahbariyat ko‘rsatmasiga binoan ochilgan. Endilikda yuklar Yordam Mudofaa vazirligi huzuridagi Quruqlikdagi o‘tish punktlari boshqarmasi tomonidan xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tgach, BMT va xalqaro tashkilotlar orqali tarqatiladi.